29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
8 Iyun  2020 619

Qozogʻiston Prezidenti matbuot kotibida koronavirus aniqlandi

Qozogʻiston Prezidentining matbuot kotibi koronavirus bilan kasalxonaga yotqizildi.

Qozogʻiston Prezidentining matbuot kotibi Berik Ualida koronavirus aniqlangan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

“Kazinform” agentligi matbuot kotibining Facebookdagi sahifasida joylashtirilgan soʻzlardan iqtibos keltirgan: “Men hozir shifoxonada mutaxassislar nazoratidan. Ahvolim – qoniqarli”.

B.Uali barchani oʻz sogʻligini asrash, qarindoshlari va yaqinlariga ziyon yetkazmaslik uchun karantin qoidalari va profilaktika talablariga qatʼiy rioya qilishga chaqirgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 6-iyunda Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 183 kishi aniqlangan. Oʻsha kuni ushbu mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning soni 12 ming 694 ga yetgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech