25 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Voqea-hodisalar
3 Iyul  2020 846

Qozogʻistonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Milliy mudofaa universiteti hududida respublikaning birinchi rahbari Nursulton Nazarboyev haykali ochilish marosimida onlayn tarzda ishtirok etdi.

6-iyulda Qozogʻistonning sobiq Prezidenti oʻzining 80 yoshlik yubileyini nishonlaydi. Milliy mudofaa universiteti respublika poytaxti Nur-Sulton shahrida joylashgan.

Davlat rahbari oʻz nutqida, Nursulton Nazarboyevni bugungi Qozogʻistonning mamlakatning strategik yoʻlini belgilab bergan va xalqni umumiy maqsadni qoʻlga kiritish yoʻlida jipslashtirgan asoschisi deya taʼrifladi.

“Tinchlik va barqarorlik, farovonlik va birlik – bu Elboshi siyosati samarasidir. Har bir davlat tarixida oʻzidan beqiyos iz qoldirgan noyob shaxslar boʻladi. Ularning xizmatlarini qadrlash va hurmat qilish esa sib kelayotgan avlodning burchi.Yodgorlik Milliy mudofaa universiteti hududida oʻrnatilishi ramziy maʼnoga ega, chunki Qozogʻiston qurolli kuchlari Nazarboyevning farmoni bilan shakllangan”, – deya taʼkidladi Prezident, deb xabar beradi RIA Novosti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech