21 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Voqea-hodisalar
26 Iyun  2020 752

Qozogʻistonda sogʻliqni saqlash tizimida yangi rahbar

Qozogʻistonda yangi sogʻliqni saqlash vaziri tayinlandi, u COVID-19 ga chalingan sobiq vazir oʻrnini egalladi.

Prezident maʼmuriyati Tibbiyot markazini boshqargan Aleksey Soy Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi, deb xabar beradi Dunyo» AA.

«Kazinform» xalqaro axborot agentligi, sobiq vazir Yeljan Birtanovning bu boradagi izohini quyidagicha keltiradi: “Davlat rahbariga sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan meni ozod etishini soʻrab ariza topshirdim. Afsuski, koronavirusga chalinish ortidan yuzaga kelgan pnevmoniya sabab qoʻshimcha davolanishga ehtiyoj sezyapman”.

Joriy yilning iyun oyi boshida COVID-19ga chalingan Yeljan Birtanov vazirlikni 2017-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Aleksey Soy Qozogʻistonning yangi sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U 1977-yilda tugʻilgan boʻlib, tayinlanishdan avval Prezident maʼmuriyatining Tibbiyot markazini boshqargan va joriy yilning 22-iyunidan boshlab sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuni taʼkidlash joiz, bugun juma tongiga kelib Qozogʻistonda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 465 ta holati qayd etildi, umumiy kasallanganlar soni esa 19 ming 750 taga yetdi. Mamlakatda kasallik tarqaganidan buyon 12 ming 220 kishi infeksiyadan sogʻayib, 140 nafari esa hayotdan koʻz yumdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech