27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Moliya
13 Aprel  2020 759

QQS qaytariladi

Davlat soliq qo‘mitasi karantin davrida tovarlar eksportiga qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq summasini qaytarishni kuchaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchilarning soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida zachetga olish yoki qaytarish huquqi Soliq kodeksining 21-moddasi bilan tartibga solinadi.

Hujjatlarni taqdim etish va QQSni qaytarish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi. Endi soliq to‘lovchi avvalgidek, QQSni qaytarish uchun hududiy davlat soliq boshqarmasi orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat soliq qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Buning uchun soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti  orqali DSQga elektron shaklda murojaat yuborishi kifoya. Ko‘rib chiqish jarayoni 3 kungacha qisqartirildi.

Misol uchun, to‘langan QQS miqdorini qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar orasida Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat olib boruvchi ko‘plab tekstil korxonalari mavjud.

QQSni qaytarish uchun DSQga ariza bergan eksportchilar ro‘yxati har kuni ko‘paymoqda, qaytarish jarayoni davom etmoqda, deb xabar beradi beradi DSQ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech