07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Biznes
11 Fevral  2020 1475

QQS to‘lash muddati uzaytirildi

2020-yil 10-fevralda Hukumatning 76-sonli  tegishli qarori bilan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-oktyabrga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda QQS to‘lovchilar uchun QQSni to‘lash muddatini uzaytirish jarayoni avtomatlashtiriladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi davlat bojxona xizmati organiga ariza va QQS to‘lanishi ta'minlanishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Davlat bojxona xizmati organi QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qarorni 5 ish kunida qabul qiladi.

Muddatni uzaytirish imkoniyati berilishi rad etilganda soliq to‘lovchi 1 ish kuni ichida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.

To‘lov muddatini uzaytirish imkoni berilganda, uning summasi va tugash muddati ko‘rsatiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech