07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Raqamlashtirish
10 Fevral  2020 993

Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi

2020-yil 8-fevralda Hukumatning 69-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi.
Qurilish vaziriga, zarurat bo‘lganda, markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Markaz direktori va o‘rinbosari qurilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Ma’lumot uchun, Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Prezidentning 2019-yil 20-sentyabrdagi PQ-4464-son qaroriga asosan tashkil etilgan, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech