31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Mamlakatimizda
20 May  2020 473

Qurilishga qoʻshimcha imtiyoz

Ayrim qurilish texnikalari bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.

2020-yil 19-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4718-sonli “Hududlarda koʻp qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi:

- 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi);

- 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda koʻp qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga ega boʻladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech