17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Energetika
29 Avgust  2019 420

Quyosh batareya panellari o‘rnatilishi xarajatni qariyb besh baravarga kamaytirdi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Sanjar Jo‘raev” fermer xo‘jaligi dala shiyponiga quyosh batareya panellari o‘rnatilishi bilan elektr energiyasi uchun xarajati qariyb besh baravarga kamaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma'lum qiladi.

Energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, respublikada muqobil energetikani joriy etilishini  va ularni keng targ‘ibot ishlarini tashkil etishda “O‘zenergoinspeksiya” faol ishtirok etib kelmoqda.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Sanjar Jo‘raev” fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 100 gektar bo‘lib, shundan 19,5 gektari paxta maydoni, 70,5 gektari g‘alla maydoni, 10 gektari esa bog‘dorchilik maydonlaridan iborat. Fermer xo‘jalik tomonidan ishchi xodimlarga yetarli shart-sharoitlar yaratish,  qishloq xo‘jalik texnikalarini saqlash uchun 20 sotixdan iborat maydonga dala shiyponi qurilgan edi. 

– Shiyponga “svet” tushirish harajatlari hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 24,5 million so‘m mablag‘ sarflashimiz kerak edi, – deydi tadbirkor Sanjar Jo‘raev.                                – “O‘zenergoinspeksiya”ning Sirdaryo hududiy bo‘limi xodimlari tavsiyalari bilan quvvati 1,5 kVt li quyosh panellarini o‘rnatish anchagina samara berishini, xarajatlar salkam besh barobarga kamayishi  ma'lum bo‘ldi.

Fermer xo‘jalik mablag‘lari hisobidan jami 3,8 million so‘m mablag‘ evaziga o‘rnatilgan quyosh batareyasi panellari yordamida bugungi kunda dala shiyponida uzluksiz elektr energiyasi mavjud bo‘lib, ishchi va xodimlar undan beminnat foydalanmoqda.

Ma'lumot uchun, agar mazkur dala shiyponini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun elektr uskunalardan foydalanganda, 24,5 million so‘m atrofida bo‘lgan harajatlar hamda elektr energiyasiga bo‘lgan to‘lovlar fermer xo‘jaligi iqtisodiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmasdi.

Quyosh energiyasidan foydalanish bilan tadbirkor o‘z mablag‘laridan o‘rtacha 20,7 million so‘m tejashga va tekin elektr energiyasidan foydalanishga erishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech