30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Raqamlashtirish
29 Aprel  2020 616

Raqamli bilim bugunning talabi

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi.

2020-yil 28-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4699-sonli «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 baravarga ko‘paytiriladi.

2020-2021-yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va bog‘chalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda elektron hukumat tizimi rivojlantiriladi.

«Raqamli tadbirkorlik» rivojlantiriladi, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmi 3 baravarga oshiriladi va ularning eksporti 100 million dollarga yetkaziladi.

«Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech