17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Mamlakatimizda
5 Mart  2019 3118

Rashid Raxmatov Namangan viloyati prokurori bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 4-martdagi buyrug‘iga asosan Raxmatov Rashid Nasrulloevich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

 

R.Raxmatov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Buxoro shahar prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech