27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Sport
31 Mart  2020 663

Rasman: Jaxon chempionati 2022 yilga qoldirildi

Yengil atletika bo‘yicha Dunyo birinchiligi keyingi yilga qoldirildi.

Bugun «World Athletics» rasmiy saytida habar berilishicha, shu yilning 6-15-avgust kunlari AQShning Oregon shtatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Dunyo birinchiligi 2022-yilga qoldirildi.

Mutasaddilarning bunday qaror qabul qilishlariga asosiy sabab Tokio-2020 Olimpiadasining 2021-yilga ko‘chirilishi bilan bog‘liq. Shu sababdan chempionat xam bir yilga kechiktirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda keltirilisha, «Biz Yaponiya rahbariyati va Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasining Olimpiadani 2021-yilda o‘tkazilishi bilan bog‘liq qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu vaqt sportchilar uchun ayni muddao. Negaki ular o‘zlarini sport formalarini to‘liq tiklab olish va mashg‘ulotlar bilan yanada ko‘proq shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Biz barchamiz kelishgan holda, bir-birimizni tushunishimiz lozim. Hozirgi paytda biz aynan shu shior bilan, Oregon shtatida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan JChning yangi sanasini tashkiliy qo‘mita bilan ko‘rib chiqmoqdamiz», – deb fikr bildirisgan Butunjaxon yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech