27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,7 °C

Mamlakatimizda
30 Sentyabr  2019 2701

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qat'iy ogohlantirish oldi

Bugun, 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglament va odob komissiyasi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Kun tartibida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning  senatorlik faoliyati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

So‘zga chiqqan senatorlar Maqsuda Varisova, Gavhar Alimova, Tolibjon Madumarov, Iqboljon Mirzaaliyev ta'kidlanganlaridek, Farg‘ona viloyati hokimi, senator Sh. G‘aniyev  mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazadigan, sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan iboralardan foydalanganligi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida deputat, senator odob qoidalariga qat'iy rioya etishi lozimligi belgilangan.

Senatning 2017-yil 28-martdagi SQ-154–III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Senat a'zolarining odobi qoidalariga ko‘ra senator o‘z faoliyatida jamiyatda umumiy qabul qilingan axloq-odob prinsiplariga qat'iy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi, shuningdek, senator nomiga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi lozim.

Senator yuqorida ko‘rsatilgan odob qoidalariga amal qilmagan hollarda uning faoliyati Senatning Reglament va odob komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi hamda zarur hollarda tegishli choralar ko‘rilishi nazarda tutilgan.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglament va odob komissiyasi Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevga nisbatan uch oylik sinov muddati bilan birga qat'iy ogohlantirish chorasini belgiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech