28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,5 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2020 532

Himoya niqoblari ishlab chiqarish hajmi oshdi

Joriy yil 31-mart holatiga ko‘ra yurtimizda himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 195 taga yetkazildi va 1-mart holatiga nisbatan 9,3 barobar oshdi. Niqoblar ishlab chiqarishning kunlik hajmi 2 million 640 ming donani tashkil etmoqda.

Shu bilan birga tibbiyot xalatlari (kombinezonlar)ni ishlab chiqarish kunlik 9 ming donani va tibbiyot dokalari 398 ming pogon metrni tashkil etmoqda.

Himoya niqoblari respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida ishlab chiqarilib, eng ko‘p niqob Toshkent viloyatida (404 ming dona), Toshkent shahrida (283 ming dona), Qashqadaryo viloyati (232 ming dona) ishlab chiqarilmoqda.

Niqob ishlab chiqaruvchi korxonalar uchtaligida Buxoro viloyati -28 ta, Toshkent shahrida 20 ta, Qashqadaryo viloyatida 19 ta faoliyat yuritmoqda.

Shuni ta'kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan korxonalar soni va hajmlar Uyushma tomonidan monitoring o‘rnatilgan korxonalarga taalluqli bo‘lib, real ishlab chiqarish hajmlari bu ko‘rsatgichlardan farqlanishi mumkin.

Hozirda bu ko‘rsatkichlarni 5 million donaga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech