06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

Xalqaro munosabatlar
28 Dekabr  2018 1814

Xalqaro migratsiya tashkiloti ustavi ratifikatsiya qilindi

O‘tayotgan yilning 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xalqaro migratsiya tashkiloti konstitutsiyasini (Bryussel, 1953-yil 19-oktyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat 12-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 14-dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Konstitutsiya (ustav) 1953-yil 19-oktyabrda imzolangan va 1954-yilning 30-noyabridan kuchga kirgan. Uning asosiy maqsadlaridan biri mavjud imkoniyatlar yetarlicha bo‘lmagan yoki xalqaro tashkilotlar ko‘magiga muhtoj migrantlarning tartibli ko‘chishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. XMT o‘z ishini davlatlar yoki boshqa manfaatdor xalqaro tashkilotlar bilan muvofiqlashtirgan holda tashkil etadi.

Mazkur tashkilot kengashining 109-sessiyasida O‘zbekistonning unga a’zo bo‘lish haqidagi so‘rovi qo‘llab-quvvatlandi.

Tashkilotning turli davlatlarda 400 dan oshiq bo‘limlari bo‘lgan 100 dan ziyod missiyalari faoliyat olib bormoqda. Tashkil topganidan beri tashkilot 11 milliondan ziyod kishiga yordam bergan.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech