13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Mamlakatimizda
24 Iyul  2020 557

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi

2020-yil 23-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6033-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi negizida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda ushbu agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish belgilandi.

Agentlik:

- alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;

- isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

- alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2020-yil 1-avgustdan:

- alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi;

- ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aksiz soligʻi solinadi;

- ishlab chiqaruvchilar isteʼmol etil spirtining 50 foiz haqini oldindan toʻlash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega boʻladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech