27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Mamlakatimizda
12 May  2020 244

Reestrga kiritilganlargagina ruxsat

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga tegishli reestrga kiritilgan shaxslarga ruxsat beriladi.

2020-yil 11-mayda Hukumatning 277-sonli «Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

- O‘zbekiston hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga ularni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar reestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi;

- davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

- Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, o‘quv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech