13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Mamlakatimizda
30 Aprel  2020 5429

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilinib, quyidagi tartiblar joriy etilmoqda.

Unga koʻra 2020-yil 30-aprel kuni soat 06:00 dan:

- fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yoʻlovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga;

- fuqarolarga – shahar va tumanlardagi koʻp qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha boʻlgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;

- oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor oʻqituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklash ruxsat berildi.

Shuningdek, tumanlararo (shaharlararo), viloyatlararo va Toshkent shahriga kirib-chiqishda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarlarning barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalarida harakatlanishiga ichki ishlar organlari tomonidan mahsulotlarni tezkor va qulay yoʻnalishlar orqali oʻz manzillariga yetib borishiga koʻmaklashish belgilandi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, jamoat joylari, bozorlar va ruxsat berilgan savdo xizmat shoxobchalarida hamda avtotransport vositalarida harakatlanish davomida barcha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishlicha sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi talab etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech