05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Kеyingi avlod
29 Dekabr  2019 1391

Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati takomillashadi

“Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (27.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan 2020-2022-yillarda Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha kuzatuv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.

2021-yil 1-mayga qadar Respublika bolalar kutubxonasi joylashgan bino rekonstruksiya qilinadi.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, kutubxonada, jumladan:

- umumta'lim muassasalarining o‘quvchilari uchun multimedia ta'lim laboratoriyasi tashkil etiladi;

- bolalar ta'lim “co-working” platformasi va badiiy studiya tashkil etiladi;

- tashrif buyuruvchilarga xizmatlarni inklyuziv ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;

- nodir kitob nashrlarini saqlash uchun kutubxona arxivi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech