19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,8 °C

Bilasizmi?
16 May  2019 695

Rimliklarning ulkan xazinasi topildi

Arxeologlar Buyuk Britaniyaning Linkolnshiridagi Rouzbi qishlog‘i yaqinidan miloddan avvalgi IV asrga tegishli rim tangalarining ulkan xazinasini topdilar.

«Archaeology News Network»ning xabar berishicha, bu Buyuk Britaniya hududlarida topilgan rim tangalarining eng katta xazinasi hisoblanadi. U 2017-yilda metall qidiruvchi moslama yordamida havaskor-arxeologlar tomonidan topilgan.

Ular Sheffild universiteti olimlarini taklif etishdi. IV asrga tegishli jami uch mingdan ziyod bronza rim tangalari qazib olingan. Ular sopol idishga solinib, sayozroq qilib ko‘milgan ekan.

«Tangalar miloddan avvalgi 307-yillar atrofida ko‘milgan, – deydi Britaniya muzeyi xodimi doktor Eleonora Grey. – O‘sha davrlarda Rim imperiyasi tobora markazsizlana boshlagan. Imperator Konstansiya Yorkda vafot etganidan so‘ng Buyuk Britaniya yana diqqat markaziga tushgan».

Aytishicha, aynan o‘shanda Londonda rim tangalarini zarb qila boshlashgan. Darvoqe, xazinaning yonginasidan bor-yo‘g‘i o‘ntagina tangadan iborat yana bittasi topilgan. Kashfiyot haqida arxeologlar endigina ma’lum qilishdi. Gap shundaki, o‘tgan haftadagina sud tomonidan topilma xazina deb rasman tan olingan.

Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, agar u sotilsa, tushum xazinani topgan shaxslar va xazina topilgan yer egasi o‘rtasida teng taqsimlanishi lozim.

Topilmaning tarixiy va bozor qiymatini baholash Britaniya muzeyi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Darvoqe, muzeyning o‘zi ham tangalarni sotib olish huquqiga ega.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech