17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Bilasizmi?
8 Aprel  2019 1223

Xafalikdan xursandlikkacha: endi robot inson hissiyotlarini aniqlaydi

Tadqiqotchilar sun’iy aqlga yuz ifodasiga qarab insonning hissiyotlarini aniqlashni o‘rgatishdi. Aytilishicha, 98 foiz holatda natija o‘sha lahzaning o‘zidayoq olinadi.

 

Case Western Reserve University vakillari yangi ko‘rsatkichlar haqida shunday xabar tarqatdi.

Bu amaliyotda qanday qo‘llaniladi? Olimlarning aytishicha, kayfiyatni ko‘tarish uchun robot, masalan, musiqa qo‘yishi mumkin.

«Bu  depressiya yoki qarilik bilan bog‘liq shaxsning o‘zgarishidan aziyat chekadigan yoshi ulug‘ odamlar uchun juda foydali bo‘lishi mumkin», deydi uning qo‘llanilishi borasida gapira turib, universitet dotsenti Kidju Li.

«Izvestiya» nashri BITI mehnat bo‘yicha eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Irina Perovaning robotlar mehnat bozorini qanday o‘zgartirishi mumkinligi borasidagi so‘zlarini keltiradi. Olimning aytishicha, hozirda mehnat faoliyatining 71 foizi insonlar tomonidan amalga oshiriladi, mashinalarga esa 29 foizi tegishli. Biroq 2025-yilga borib bu ko‘rsatkich 48 va 52 foizga o‘zgarishi mumkin ekan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech