17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Bilasizmi?
22 Avgust  2019 538

Robot-avatar kosmik kemani ta'mirlashga yordam beradi

Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «FEDOR» nomli antromorf robot orbitaga parvoz qildi. Bundan maqsad android kosmosda insonning beminnat yordamchisiga aylana olishini namoyish etishdir.

«FEDOR» (Final Experimental Demonstration Object Research) kosmonavtlar doimo ishlaydigan narsalar, masalan, kalit, buragich, vintlarni qotirish-yechish, elektr ulamalarni ulash-ajratish bilan ishlashni o‘zlashtirgan.

– Qator tajribalar o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Besh-olti yildan so‘ng stansiya tashqarisida ishlay oladigan mashinalarni ishlab chiqaramiz, – deydi Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin.

«Ilk parvoz chog‘i robot faqat maxsus kostyum – ekzoskelet kiygan inson harakatlarini takrorlaydi. Uni yana «avatar boshqaruv» ham deyishmoqda. Buning samarasi o‘laroq, astronavt o‘zini robotning tanasida, deb his qila oladi», deydi robot ishlab chiqaruvchisi, «Androidnaya texnika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ijrochi direktori Yevgeniy Dudorov.

Kelajakda ushbu boshqaruv rejimi foyda keltiradi. Kosmonavtlarning ochiq kosmosga chiqishi 10 soatdan ortiq davom etishi mumkin, ular «Soyuz»lar va XKSning tashqi qoplamasida ishlaydilar. Bu xavflilik juda yuqori bo‘lgan uzoq muddatli stress, degani ham. Agar bunday ishlar uchun «FEDOR»lardan foydalanilsa, ularni kostyumlar orqali boshqaradigan operatorlar kamroq xavf ostida bo‘ladi.

Platformaning boshqalardan farqi – mayda motorikasida. Kelajakda, inson ishtirokisiz va ochiq fazoda, murakkab agregatlarni ta'mirlashni ta'minlash uchun bu juda zarur.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech