10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,4 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 454

Roshal vaksinatsiya haqida qanday fikrda?

Leonid Roshal  koronavirus vaksinatsiyasining ta'sir kuchini ta’rifladi.

Jahonning eng taniqli shifokorlaridan biri, «Milliy tibbiyot palatasi» tibbiyot jamoatchiligi ittifoqi prezidenti, rossiyalik Leonid Roshalning fikricha, yangi turdagi koronavirus vaksinatsiyasining ta’sir kuchi eng kamida bir yildan keyin namoyon bo‘lishi mumkin ekan.

RIA Novosti mutaxassisning quyidagi so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan: «Vaksinatsiyaning haqiqiy natijasini ushbu vaksina kashf etilgandan so‘ng bir-ikki yil o‘tmasdan ko‘ra olmaymiz. Binobarin, shu davr ichida biz mamlakat hayotini to‘xtatib ham tura olmaymiz. Demak, o‘tkir tig‘ ustidan xotirjamlik bilan yurib o‘tishimiz lozim».

Mashhur tibbiyot arbobining so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda mazkur infeksiya yo‘lini to‘suvchi, tarqalishning oldini oluvchi aniq bir dori vositasi mavjud emas.

«Kasallik hujumkorlik xislatini asta-sekin o‘zi yo‘qotib boradi. Vaziyatni yumshatishga esa bemorlarda immunitet kuchayishi, hatto kasallikning yengil shaklida ham, shuningdek vaksina qabul qilish va aholini vaksinatsiyadan o‘tkazish orqali erishish mumkin», – deya fikrini davom ettirgan Leonid Roshal.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech