14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Salomatlik
4 Oktyabr  2019 572

«Роскачество»: tez tayyorlanuvchi ugrada zaharli moddalar topildi

Rossiya, Koreya va Qozog‘istondagi 17 mashhur brendlar namunalarining birortasi sifat belgisiga munosib, deb topilmadi.

Har bir namuna 170 ko‘rsatkich bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Ba’zi brendlarning tez tayyorlanuvchi ugrasida o‘simlikni o‘stiruvchi regulyatorlar, pestitsidlar va mikotoksinlar izlari topilgan, bu fabrikalarda ishlatiladigan xomashyo ko‘ngildagidek nazorat qilinmasligini bildiradi.
Glumatat natriy qabul qilinganidan oz miqdorda. Iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilar ugra tayyorlashda soyadan foydalanishadi, biroq bu qadoqlarda ko‘rsatilmaydi, degan taxminlari ham tasdig‘ini topmadi. Qaysi taomga soya qo‘shilgan bo‘lsa, bu qadoqdagi yorliqda keltirilgan.

12 ta brendning ugrasiga «Роскачество»ning o‘rnatgan standartlaridan ziyod tuz qo‘shilgani aniqlandi, deya xabar beradi «Российская газета».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech