17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Transport
22 Avgust  2019 374

UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ymoqda

Ayni damda “UzAvtoMotors SNG” distribyutorlik kompaniyasi avtomobillar savdosini jadal yo‘lga qo‘yish borasida Rossiyaning dilerlik korxonalari bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qiladi kompaniya matbuot xizmati.

Dastlabki R2 (Chevrolet Spark), R3 (Chevrolet Nexia3) va R4 (Chevrolet Cobalt) modellari Rossiya bozoriga avgust oyining oxiri va sentyabr oyining boshida yetkaziladi. Savdo sentyabr oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq kompaniya Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston, Tojikiston, shuningdek Qozog‘iston Respublikalariga avtomobil eksportini yo‘lga qo‘ygan edi.

2019-yil kompaniya faoliyatida eksport salohiyatini rivojlantirish yili deb e'lon qilingan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech