27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Voqea-hodisalar
21 Iyul  2020 2656

Rossiyada COVID-19ga qarshi dastlabki vaksina tayyor

Koronavirusning yangi infeksiyasiga qarshi Rossiya vaksinasi tayyor, deb xabar berdi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Ruslan Salikov.

U bu haqda “Argumentы i faktы” gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Yaqinda klinik sinovning yakunlanganligi va barcha koʻngillilarga javob berganligi maʼlum boʻldi. Harbiy idorada natijalar barcha test ishtirokchilarida immun javobning hosil boʻlganini koʻrsatayotgani taʼkidlangan.

Sechenov universiteti Dori vositalarini oʻrganish klinik markazi rahbari Yelena Smolyarchuk avval ham barcha mazkur muassasadagi oʻzida vaksinani sinab koʻrayotgan koʻngillilarda koronavirusga qarshi immunitet hosil boʻlganini taʼkidlagandi.

Uning soʻzlariga qaraganda, uch haftadan soʻng, yaʼni immun tizimining taʼsiri harakatga kelishi bilan, himoya tizimining maksimum darajasi boshlanadi.

Bunday holatda, immunitet qancha vaqt saqlanishi haqida biron narsa deyish hozircha mushkul, — deb tushuntirdi Smolyarchuk. — Chunki bu savolga olimlar klinik tadqiqotning keyingi bosqichidan soʻng javob berishi kerak, deb xabar beradi RIA Novosti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech