02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Agrosеktor
12 Mart  2020 441

Rossiya ish beruvchilari o‘zbekistonliklarni afzal bildimi?

Xitoylik ishchilar koronavirus tufayli bu yil Rossiya Federatsiyasining Yahudiy avtonom viloyatiga dala ishlariga kela olmaydi. 

Ularning o‘rniga o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishga keladi. Bu haqda viloyat ma'muriyati xabar bergan.

Xabarda ta’kidlanishicha, koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sababli xitoylik ijarachilarning bahorgi ekish kampaniyasida ishtirok etishi muammoli masala.

Joriy yilda bahorgi dala ishlariga Xitoydan 1 323 kishini jalb qilish rejalashtirishgan edi. Karantin tufayli chet el ishchilarini jalb qilish kvotalari talab qilinmaydi. Bu masala o‘zbekistonlik mehnat migrantlari va avtonom viloyatining qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi o‘quv yurtlari bitiruvchilari hisobidan hal qilinadi.

Yahudiy avtonom viloyatidagi ekin maydonlari 166 ming gektarni tashkil etadi, shundan 150 ming gektardan ko‘prog‘i soya ekini uchun ajratilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech