17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Voqea-hodisalar
9 Sentyabr  2019 596

Rossiya tarixidagi eng katta sayohat layneri Vladivostok portiga kirdi

Rossiyaning portlariga kirgan eng katta sayohat layneri Vladivostokning dengiz vokzaliga to‘xtadi. Uning bortida besh mingga yaqin sayyoh bor, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Bunda gap «Spectrum of the Seas» layneri haqida ketmoqda. Bu «Royal Caribbean» flotidagi eng yangi sayohat kemasi hisoblanadi.

Bunday katta sayohat kemasining Vladivostok portiga kira olishiga 2018-2019-yillarda port atrofi taglarini chuqurlashtirish ishlari olib borilgandan so‘ng imkon paydo bo‘lgan. 

Vladivostokdan ushbu layner bortiga Maidzura va Fukuoka shaharlariga boradigan 200 rossiyalik chiqadi. Sayohat esa 14-sentabr kuni Shanxayda o‘z nihoyasiga yetadi.

«Spectrum of the Seas» layneri 5 ming yo‘lovchiga va 1,5 ming ekipaj a'zosiga mo‘ljallangan. Kema uzunligi - 347 metr, kengligi - 41 metr, suv sig‘imi -168,8 ming tonna.

Sayyohlik layneri bortida 90 metr balandlikdan tomosha qilish imkonini beradigan shisha kapsula ham mavjud

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech