02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Harbiy
20 Noyabr  2019 1099

Rossiya harbiy akademiyasida O‘zbekiston armiyasiga bag‘ishlangan maxsus burchak paydo bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga bag‘ishlangan maxsus burchakning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Oleg Makareevich ishtirok etib, hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana bilan tabrikladi. Akademiyada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarixi va buguniga bag‘ishlab ochilgan burchakni alohida e'tirof etib, bu ikki mamlakat harbiylari bir birining tarixini o‘rganish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Ayni vaqtda O‘zbekistondan borib tahsil olayotgan polkovnik Jahongir Bekmurodov tadbirda ishtirok etgan mehmonlarga O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tinchlikparvarlik yo‘lida olib borayotgan islohotlari va harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar hamda milliy armiyaning tarixi va ajdodlar merosi asosida shakllantirilganini gapirib berdi.

Tadbirda ishtirok etgan boshqa generallar va xorijlik tinglovchilar burchak bilan tanishar ekan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining shakllanish tarixi, jangovar qudrati va mamlakatning bugungi qiyofasi aks etgan suvenirlar, ma'lumotlar, plakatlar va fotosuratlar ularda katta taassurot qoldirganini ta'kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech