05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24 °C

Ijtimoiy hayot
29 Yanvar  2020 1103

Rossiya norezidentlar uchun daromad solig‘ini kamaytirishni rejalashtirmoqda

Rossiya Federatsiyasi norezidentlarining mehnat faoliyati daromadidan olinadigan daromad solig‘ini 30 foizdan 13 foizgacha kamaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va tegishli idoralarga kelishish uchun taqdim etildi.

Qonun loyihasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi soliq kodeksining 224-moddasiga o‘zgartirish kiritish va mehnat faoliyatini amalga oshiryotgan norezidentlardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 13 foiz miqdorida belgilash, ya’ni Rossiya fuqarolari uchun o‘rnatilgan stavkaga tenglashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi tasdiqlansa, norezidentlarning mehnat faoliyatidan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar toifasidan qat’i nazar, 13 foiz stavkada belgilanadi va yangi tartib 2021-yildan boshlab joriy etiladi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech