29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
16 Iyun  2020 651

Rossiyada migrantlar uchun imtiyozli vaqt tugadi

Rossiyadagi mehnat migrantlari bugundan patent rasmiylashtirishi zarur.

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 274-sonli farmoniga muvofiq, mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy boʻlishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020-yil 15-iyungacha uzaytirilgan edi.

Rossiya Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi 392-sonli farmoni bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bugundan, yaʼni 16-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur boʻladi.

Shuningdek, farmon bilan:

- chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha boʻlish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida roʻyxatda turish muddatlari 2020-yilning 15-sentyabrigacha tugashi koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;

- Rossiya Federatsiyasidan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020-yilning 15-sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech