19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Yashil sayyora
20 Sentyabr  2019 1030

Ov mavsumi boshlanmoqda

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun qanday jarimalar borligini balasizmi?

Qoidalarni buzish:

- fuqarolarga – 1 115 000 so‘mdan 2 230 000 so‘mgacha;

- mansabdor shaxsarga esa — 2 230 000 so‘mdan 3 345 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, qonunchilikda ushbu huquqbuzarlikni ma'muriy jazo qo‘llangandan keyin takror sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilangan.

Bundan tashqari, tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash:

- huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga 3 345 000 so‘mdan 4 460 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 so‘mdan 5 575 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, 3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech