23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,4 °C

Turizm
4 Yanvar  2019 2533

Germaniya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etildi

O‘zbekiston 2019-yil 15-yanvardan boshlab Germaniya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etdi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonga Germaniyadan kelgan turistlar soni  2018-yilda 18 094 kishiga yetgan. Bu o‘tgan yillarga qaraganda ancha yuqori, ya’ni ikki yarim barobardan ziyodni tashkil etmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vizasiz rejimni joriy etishda asos sifatida Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolari tomonidan E-visa elektron dasturidan foydalanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘tarilgan. 2018-yil 28-dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyaning 1 089 nafar fuqarosi E-visa  elektron dasturi orqali viza rasmiylashtirgan va shu bilan birga, ushbu dasturdan eng ko‘p foydalangan mamlakatlar orasida 10-o‘rinni egalladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi va 2019-yil 15-yanvar sanasidan boshlab GFR fuqarolari uchun O‘zbekistonda sayyohlik maqsadida 30 kunlik vizasiz sayohat qilish imkoniyati yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, turizm sohasida viza rasmiylashtirish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlarini 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan.

 Ma’lumot o‘rnida, 2018-yil 10-fevraldan boshlab qator xorijiy mamlakatlar fuqarolariga yurtimizga vizasiz kirishga ruxsat berilgandi, bu esa ushbu davlatlardan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech