19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Transport
7 Oktyabr  2019 494

Endi metroning barcha stansiyalarida internetdan foydalanish mumkin

Bugun, 7-oktyabrdan boshlab poytaxtimiz metropolitenida Internetdan foydalanish imkoni yaratildi, deb xabar qiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Endi Toshkent metropolitenining barcha yo‘lovchilari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ko‘rib chiqish, sevimli musiqalarini onlayn tarzda tinglash va ommabop messenjerlarda muloqot qilishlari mumkin. 

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun metroga tushishdan oldin avtorizatsiyadan o‘tish lozim (SMS orqali). Tizimga ikki usul orqali kirish mumkin – pullik va bepul. Tarmoqqa bepul ulanish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
1. Metroga tushishdan oldin “Metrotelecom Free” tarmog‘ini tanlang;
2. Telefon raqami orqali avtorizatsiyadan o‘ting;
3. Reklama roligini tomosha qiling;
4. Internetga ulaning.
Internetga qanday ulanilishi bo‘yicha  metroga tushishda joylashgan maxsus axborot tablolarida ham ko‘rsatilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish “Metrotelecom ” va “ Sola” Wi-Fi –operatori hamda “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi hamkorligida amalga oshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech