07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Ta'lim
25 May  2020 756

Taʼlimdagi hamkorlik bugungi kun talabi

Toshkent davlat pedagogika universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti onlayn seminar oʻtkazdiilar.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oʻzbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” fakulteti tomonidan Belarus davlat pedagogika universiteti psixologiya boʻyicha yetakchi mutaxassislari ishtirokida onlayn seminar oʻtqazildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oʻzbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qoʻshma fakulteti tomonidan onlayn tarzda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti psixologiya boʻyicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida davlat va jamoat tashkilotlari uchun boʻlajak rahbar-xodimlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan “Boshqaruv psixologiyasi” va “Ishbilarmonlik faoliyati psixologiyasi” mavzulardagi dolzarb onlayn seminar tashkil etildi.

Hozirgi karantin davridagi onlayn seminarda yetakchi mutaxassislar tomonidan seminar ishtirokchilariga kerakli boʻlgan davlat, jamoat va tijorat tashkilotlari jamoalarini boshqarish psixologiyasi asoslari boʻyicha bilimlar va tavsiyalar hamda seminar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Tashkil etilgan onlayn seminarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari, magistrlari, doktorantlari, professor- oʻqituvchilari xamda “Innovatsion pedagogika” qoʻshma fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech