19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Xavfsizlik
17 Fevral  2019 1253

Salkam 50 million so‘mlik dori va tibbiyot buyumlari fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan «Dehli-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqarolar T.B. va T.R. larning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan narsalar borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me’yoridan anchagina ortiq bo‘lgan 777 dona dori vositalari va 103 dona tibbiyot buyumlarining qiymati deyarli 50 million so‘mni tashkil etadi.

Hozirda ushbu dori vositalari vaqtincha saqlovga olinib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech