25 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Energetika
5 Dekabr  2019 908

Salkam 63 million so‘m qo‘shimcha hisoblashning oldi olindi

Samarqand viloyati majburiy ijro byurosi tomonidan Oqdaryo tuman Qoraxitoy qishlog‘ida joylashgan “Bahodir Umar Islom” xususiy korxonasining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlanib o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Samarqand viloyati MIBning ko‘rsatmasiga asosan Samarqand HETK xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qayta hisob-kitob ko‘ra (tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab) 169 mln. 731 ming so‘m aniqlangan, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Samarqand viloyati MIB esa ushbu vaziyatga bir yoqlama qaramasdan raqamlarning haqqoniyligi bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand hududiy bo‘limiga o‘z xulosalarini berish uchun taqdim qilindi.

Hududiy bo‘lim “Elektrhisob” dasturi orqali o‘rganish o‘tkazilishi mobaynida iste'molchi “Bahodir Umar Islom” xususiy korxonasining elektr hisoblagichi 01.07.2018-yilda almashtirilganligi aniqlandi. 

Bunday holatda elektr hisoblagichning almashtirilgan vaqtidan boshlab hisoblanishi bo‘yicha Samarqand HETKga ko‘rsatma xati berildi. Natijada hududiy bo‘limning ko‘rsatmasiga asosan hisoblangan qayta hisob-kitob 106 mln. 967 ming so‘mni tashkil etdi.

Amalga oshirilgan aniq tekshiruvlar sabab iste'molchining hisobiga 62 mln. 762 ming so‘mga qo‘shimcha hisoblashning oldi olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech