07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Mamlakatimizda
27 May  2020 549

“Salomatlik” ordeni taʼsis etildi

2020-yil 26-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OʻRQ-620-sonli “Salomatlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Qonun bilan “Salomatlik” ordeni taʼsis etildi hamda orden toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, “Salomatlik” ordeni bilan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi.

Orden bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

“Salomatlik” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi.

Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali orden, oradan kamida 3 yil oʻtganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.

- I darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 30 baravari miqdorida, II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 25 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.

- I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech