25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Madaniyat
28 May  2019 473

Salvadorda Kolumbgacha bo‘lgan tamaddunga tegishli «Pompey»ni topishdi

Arxeologlar Xoyya-de-Seren tarixiy majmuasi hududida joylashgan va vulqon portlashidan vayron bo‘lgan ilgari fanga noma'lum manzilgohni topdilar.

«Archaeology News Network»ning xabar berishicha, bunda gap olimlar «Amerika Pompei», deb nomlangan arxeologik ob’ekt haqida bormoqda. Kolumbgacha bo‘lgan davrdagi Xoyya-de-Serendagi manzilgoh Loma-Kalder vulqoni otilishi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan.

Bu eramizdan avvalgi 650-yilda sodir bo‘lgan va manzilgoh batamom vulqon kuli ostida qolgan. Uning qatlami ostida arxeologlar yangi dalillarni qo‘lga kiritdilar. Tadqiqotchilar tomonidan oltita sopol tuvaklardagi kuygan urug‘lar, uchta jo‘xori so‘tasi, kuyib, shishaga aylangan tog‘ jinslarining ko‘plab  bo‘laklari va hayvonlar - bug‘u, yenot, shuningdek, itlar yoki koyotlar suyaklarini topdilar.

Bularning barchasi ispanlar kelgunga qadar mahalliy aholining hayoti haqida ko‘proq bilishga yordam beradi. Arxeolog Mishel Toledoning aytishicha, mazkur arxeologik dalillar majmuaning janubiy hududidan topilgan. Unga shartli «19-tuzilma», deya nom ham berilgan. Binoning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinsa, uning omborxona bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

«Suyaklarda kalsinoz izlari bor va bu jonivorning artritdan azob chekkanini ko‘rsatadi, - deydi Toledo. - Shubhasiz, u uy hayvoni bo‘lgan, negaki bunday kasallik bilan yovvoyi tabiatda omon qolmasdi».

Yangi tadqiqotlar esa Xoyya-de-Seren joylashgan majmua hududlariga odamlarning kelib yashab qolishi uzoq vaqt davomida kechganini tasdiqlamoqda.

Bundan tashqari, arxeologlar birinchi marta qadimgi odamlarning qishloqlar qurish va ekin maydonlari ochish uchun tepaliklarni «kesib» ishlov berishganiga ham dalillar topdilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech