07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Tashvishli xabar
17 Mart  2020 659

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH tafsilotlari

Avval ma’lum qilinganidek, 2020-yil1 6-mart soat 21:40 da Narpay tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, 29-yoshli «Lacetti» haydovchisi avtomashinani Oqtosh-Mirbozor-Langar yo‘lida boshqarib kelib, avtomobil yo‘lini ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqni urib o‘tib, ushbu yo‘lning qarama-qarshi «Toshkent-Xorazm» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «Gazel» rusumli avtomashinaga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. «Gazel»da esa 18 nafar yo‘lovchilar bilan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Gazel» rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etgan. Avtomashinaning 2 nafar yo‘lovchilari og‘ir va 9 nafar yulovchilari yengil darajadagi tan jarohati olgan bo‘lib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolgan 6 nafar yo‘lovchilar tan jarohati olmaganligi aniqlangan. Shuningdek, «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida «VAZ-2106» rusumli hamda «Nexia» rusumli avtomashinalarga «Gazel» rusumli avtomashina to‘qnashishi natijasida mazkur transport vositalariga shikast yetkazilganligi, lekin xaydovchilar tan jarohati olmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech