15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Xavfsizlik
4 Iyun  2020 1898

Arzimagan bir musht, lekin...

2020-yil 31-maydan 01-iyunga oʻtar kechasi 27 yoshli fuqaro Samarqand viloyati Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylashgan “Mirbozor” savdo bozorining oldidagi “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochtani kutayotgan.

Shu payti “Damas” rusumli avtomashinasi kelib, ushbu fuqaroning oʻng yelkasidan turtib oʻtgan. Natijada janjal yuzaga kelgan, yaʼni 27 yoshli fuqaro “Damas” haydovchisining yuziga bir marotaba urgan. 47 yoshli haydovchi esa yerdagi toshga yiqilib tan jarohati olgan.

Haydovchi olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat boʻyicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan haydovchini urgan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish).

2020-yil 02-iyun soat 11:30 da haydovchi koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu sababli jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) qayta malakalangan. 27 yoshli ushbu shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech