20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Xavfsizlik
8 Iyul  2019 347

Samarqand xalqaro aeroportida psixotrop moddalar ushlandi

Samarqand xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro E.Sh. “yashil” yo‘lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi. Natijada, tekshiruv jarayonida uning yuklari orasidan 4 ta konvalyutada jami 40 dona “Nitrazepam” nomli tabletkalari borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Ekspert-kriminalistika ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “Nitrazepam” tabletkalari O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan psixotrop moddalarning ro‘yxati kiritilgan (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-okyabrdagi 878-son qarori, 3-ro‘yxati).

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dori vositalarniturli nomdagi 5 tagacha va ulardan har birining ikkitadan ortiq bo‘lmagan o‘ramini davolash kursi doirasida olib kirish va olib chiqishda ruxsat berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, ushbu qarorga ko‘ra o‘tkazish punktlarida bojxona chegarasini kesib o‘tishda jismoniy shaxslar ularda psixotrop moddalar borligini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyada qayd etishlari shart.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech