19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Xavfsizlik
12 Fevral  2019 1243

Samarqandda 116,5 mln. so‘mlik chigitni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatdagi paxta tozalash korxonalaridan birida o‘tkazilgan nazorat tadbirida sodir etilgan talon-torojlik aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, korxona texnik chigit tovarshunosi A.K. Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M. ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2018-yil hosilidan ishlab chiqarilgan ikkinchi nav birinchi sinfli jami 101,7 ming kilogramm, umumiy qiymati 116,5 mln. so‘mlik texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinalarga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech