28 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

investitsiyalar
12 Dekabr  2019 1277

Samarqandda 2019-2022-yillarda 117 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Samarqand viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishga investorlarni keng jalb qilish orqali yirik loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Xususan, 2019-2022-yillarda viloyatda jami 117 ta ana shunday loyihalar hayotga tadbiq etiladi, deb xabar qiladi “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati.

Natijada, 3,1mln. tonna sement, 325 ming. metr kvadrat “sendvich” panellar,

506 ming metr kub gazobeton bloklari, 2200 tonna lok-bo‘yoq mahsulotlari, 12 ming metr kvadrat alyumin eshik va romlari, 10,214 ming metr kub temir-beton buyumlari hamda burama mixlar, quruq aralashmalar, plastik quvurlar, gipsokarton, metal mahsulotlari, tom yopqich materiallari kabi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. Dasturga ko‘ra, yangi korxonalar viloyatning asosan Urgut, Pastdarg‘om, Jomboy, Paxtachi, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand tumani va Samarqand shahrida tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech