20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Xavfsizlik
7 Iyul  2019 597

Samarqandda bir guruh yoshlar jamoat transportida “prank” video olishdi

Samarqand shahrida niqob kiygan noma'lum shaxs tramvay ichidagi yo‘lovchilarning yuziga suyuqlik sepib qochganligi tasvirlangan video o‘rganib chiqildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

 

Aniqlanishicha, ushbu holat shu yilning 4-iyul kuni Samarqand shahrida “Temiryo‘l vokzali-Sartepa” yo‘nalishidagi  1-tramvay “Choy qadoqlash fabrikasi” bekatida to‘xtab turgan vaqtida sodir etilgan.

Tramvay haydovchilari va chiptachisining aytishicha, shu kuni tramvay bekatda to‘xtaganida yuziga tibbiyot niqobi taqqan shaxs kirib, tramvaydagi yo‘lovchilarga suyuqlik sepib qochgan. Shunda yo‘lovchilar tramvaydan yugurib chiqqan, 4 nafar yigit xushlarini yo‘qotib, o‘zlarini tramvay saloni poliga tashlagan. Yordam berish maqsadida yigitlarning oldiga borganlarida, ular birdaniga o‘rnilaridan turib, yugurib qochib ketishgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, tramvay ichidagi yo‘lovchilarning yuziga noma'lum suyuqlik (aerozol) sepgan holda, yo‘lovchilarning hushidan ketishini “sahnalashtirish” holati Samarqand shahrida yashovchi o‘zaro tanish bo‘lgan 8 nafar voyaga yetmagan shaxslar (5 nafari o‘g‘il bola, 3 nafari qiz bola) tomonidan tashkil etilganligi va ular o‘rtasida ushbu “sahna”dagi rollar o‘zaro taqsimlanganligi aniqlandi.

Ushbu guruhdagi bir qiz “Prank” videoni tasvirga olganligi va uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganligi sababli, unga tegishli “Ayfon-6S” rusumli telefon apparati tekshirib ko‘rishlik uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda sahnalashtirilgan “Prank” videosi tashkilotchisi va barcha ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech