07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Xavfsizlik
22 Noyabr  2019 449

Samarqandda qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.G. yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan aroq mahsulotlarini boshqa fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tadbirda, F.G.ning yashirin sexidan qo‘lbola usulda tayyorlangan iste'molchilarning hayoti va sog‘lig‘i talabiga javob bermaydigan 0,5 hajmli “TROYKA” “FILATOFF”, “MeDOVAYa” nomli va 34 dona 1,5 litr hajmli yelim idishlardagi spirtli ichimliklar hamda “KONYaK” alkogol mahsulotlari va bir xil raqamli qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176 va 186-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech