15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Turizm
18 Oktyabr  2019 465

Markaziy Osiyoda ilk bor Samarqandda turizm bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

12-15-oktabr kunlari Xitoyning Guylin shahrida “Bir makon, bir yo‘l, bir turizm” II Xalqaro konferensiyasi bӯlib o‘tdi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Unda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Rivojlantirish va strategik muammolar bӯyicha prorektori Azamat Akbarov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

“Bir makon, bir yo‘l, bir turizm” xalqaro konferensiyasida dunyoning 64 mamlakatidan tashrif buyurgan 200dan ziyod o‘quv va davlat muassasalari, turizm sohasidagi yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi. Tadbir doirasida turizm sohasi va o‘quv muassasalari hamda xususiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq turli masalalar, shuningdek, sayyohlarni qabul qilishning o‘ziga xos jihatlari, turizm sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va boshqa qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Ta'kidlash lozimki, “Bir makon, bir yo‘l, bir turizm” III Xalqaro konferensiyasini 2020-yilda Samarqand shahrida, xususan, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida o‘tkazish rejalashtirildi. Nufuzli anjuman turizm sohasidagi olimlar va mutaxassislar uchun interaktiv platformani taqdim etadi. Ular esa, o‘z navbatida, ushbu platformada o‘zlarining so‘nggi tadqiqotlari bilan bo‘lishishadi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech