21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Xavfsizlik
16 Yanvar  2019 1553

Samarqandlik ayol “Oloy” bozoridagi zargarlik buyumi sotuvchisini chuv tushirdi

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019-yil 4-yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Buxoro ko‘chasida yashovchi I.A. (ismli ayol) Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Oloy” bozori hududida fuqaro M.N. (ismli ayol)ga zargarlik buyumlarini sotib olishini aytib, aldov yo‘li bilan undan umumiy qiymati 13 500 AQSh dollari bo‘lgan zargarlik buyumlarini olgan.

 

Buning evaziga ichida 30 000 AQSh dollari bor deb, ro‘znoma bo‘laklari qirqib solingan konvertni berib, zargarlik do‘koniga kirib, boshqa eshikdan chiqib voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida I.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech