14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Voqea-hodisalar
30 May  2020 528

Samolyotda favqulodda holat

Air India aviakompaniyasi samolyoti Oʻzbekiston osmonida orqaga qaytdi.

Shanba kuni Hindiston fuqarolarini olib kelish uchun Moskvaga uchgan Air India avialayneri ortiga qaytishga majbur boʻldi, deb xabar beradi “Dunyo”AA TASS agentligi maʼlumotiga tayanib.

Agentlikning maʼlumotga koʻra, uchuvchilarning birida yangi koronavirus aniqlangan.

“Vande Bxarat” missiyasi doirasida qolib ketgan Hindiston fuqarolarini olib kelish uchun Moskvaga uchayotgan, yaʼni bortida yoʻlovchilari boʻlmagan A320 samolyoti Oʻzbekiston osmoniga yetganida bizning yerdagi komandamizga uchuvchilardan birida koronavirusga olingan test ijobiy natija koʻrsatgani maʼlum boʻlib qolgan”, — deyiladi aviakompaniya manbasida.

Uning soʻzlariga qaraganda ekipajga zudlik bilan ortga qaytish buyurilgan va ekipaj karantinga olingan. Moskvaga boshqa samolyot uchadigan boʻldi.

Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 30-may ertalab holatiga 173 763 nafarni tashkil qiladi. Qurbonlar soni esa 4 971 nafarga yetgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech