09 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Xavfsizlik
12 Iyun  2020 2897

Xorazmda bir ayol “samosud” qurboni boʻldi

Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida bir necha ayollar xalq tilida “samosud” deb ataladigan ishga qoʻl urganlar.

2020-yil 9-iyun kechki payt Qoʻshkoʻpir tumani Ittifoq mahallasida yashovchi 20 yoshli ayol dugonalari bilan birgalikda yashash uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoshli erkak kishi boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina kelib toʻxtaganida, avtomashinadan shu mahallada yashovchi uch nafar ayollar tushib, “Sen nima uchun oʻgʻlim va kelinimni turmushini buzib, buzgʻunchilik qilib yuribsan” deb har xil soʻzlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan hamda ushbu holatni avtomashinani boshqarib kelgan kishi oʻzining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

Ayollardan bir shu mahallada yashovchi ayolning ning oʻgʻli bilan 2016-yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.

Sud tibbiy ekspretiza xulosasida, jabrlanuvchi chap bilak, chap-oʻng yelka, boldir, chap son va koʻkrak qafasini qontalashlari boʻlib, yengil tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshkoʻpir tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan toʻrtala mushtumzoʻr ayollarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, oʻz mazmuniga koʻra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi oʻtaketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech