19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Sport
22 May  2019 774

Samvel Babayan yana bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi

Samvel Babayan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri o‘z manbalariga asoslanib.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «temiryo‘lchilar» rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste'foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy ma'lumot chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018-yil aprel oyida Andrey Miklyaev o‘rniga «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan 2019-yil fevral oyidan buyon «Loko» tizimida ishlab kelmoqda. U klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Oldinroq, aniqrog‘i 2018-yil yanvarda O‘FA (o‘sha vaqtlarda O‘FF) tomonidan Samvel Babayan umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan so‘ng bekor qilingani ma'lum bo‘ldi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech